Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda shunaqasi ham bo‘lib turadi! Bitiruv kechasida yo‘qolgan o‘quvchining jasadi topildi, uning otasi esa amakisi bo‘lib chiqdi

O‘zbekistonda shunaqasi ham bo‘lib turadi! Bitiruv kechasida yo‘qolgan o‘quvchining jasadi topildi, uning otasi esa amakisi bo‘lib chiqdi

Ba’zi jinoyatlarni ochish mobaynida DNK ekspertizasi jabrlanuvchilarning o‘zlariga ayon bo‘lgan sirlarini fosh qilib qo‘yadi.

Toshkent viloyatida 16-17 yoshlarda bo‘lgan o‘smirlar maktabni tugatganlari bois bitiruv kechasi qilib, buni nishonlashgan.

Shundan ularning orasidagi bir o‘quvchi nomsiz yo‘qoladi va bir necha kundan so‘ng uning jasadi topilgan.

O‘sha o‘quvchining belgilari bo‘lgan, lekin tanib bo‘lmas darajaga kelib qolgan jasad topilgani sababli murdaning shaxsini aniqlash uchun DNK ekspertizasi o‘tkaziladi.

Ekspertiza o‘tkazish uchun yo‘qolgan bolaning ota-onasidan namuna olinadi, buni qarangki, ekspertiza natijasiga ko‘ra ona o‘sha jasadning biologik onasi ekanligi tasdiqlanadi, ammo bolaning otasi boshqa ekani aniqlanadi.

Jabrlanuvchilar ekspertiza xulosasiga e’tiroz bildirishdi. Shundan so‘ng hammasi takroran amalga oshirildi. Yana ham ishonchli bo‘lishi uchun bu safar o‘sha o‘smirning bobosi, amakisi va boshqa yaqin kishilaridan ham namuna olinib, ekspertizaga jalb etildi.

Keyingi xulosa natijasi yanada ayanchli holatni ochib berdi, afsuslanarlisi, jasadning biologik otasi uning amakisi, ya’ni onasining qaynukasi bo‘lib chiqdi. Bir jinoyatning ochilishi ayolning eriga qilgan xiyonatini ham fosh etib qo‘ydi. U oilaning keyingi taqdiri bizga noma’lum.

Bu yil internetda Jizzax viloyatida 9-sinf o‘quvchisi farzand dunyoga keltirgani, Qashqadaryoda 15 yoshli qiz ona bo‘lganini bir yildan ortiq yashirgani, Toshkentdagi maktablarning birida 8-sinf o‘quvchisi, Farg‘ona viloyatida 14 yoshli qiz homilador bo‘lib qolgani haqida xabarlar tarqaldi.

Mazkur holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilayotgani aytilgan. Bu kabi holatlarga ham DNK tadqiqoti orqali oydinlik kiritilib, aybdorlar aniqlanadi.

Aslida bunday muammolar milliyligimiz hamda qadriyatlarimiz zaiflashib borayotganining bir ko‘rinishi emasmi?..

Ma’lumotlarga ko‘ra Rossiyada bir yilda biologik otalikni aniqlash bo‘yicha o‘rtacha 6000 dan 8000 gacha DNK tad­qiqoti o‘tkazilar ekan. Masalan, o‘rganilgan Yevropa mamlakatlarida 7-8 foiz erkaklar boshqa otadan tug‘ilgan bolalarni tarbiya qilishi qayd etilgan. Afsuski, respublikamizda ham ushbu ekspertizaga ehtiyoj yildan-yilga oshib bormoqda. Xususan, 2010 yilda laboratoriyada 388 ta, 2015 yilda 1119 ta, 2018 yilda esa 1834 ta ekspertiza bajarilgan.

Bu borada “huquq.uz” sayti Kamoliddin Asqarovning tahliliy maqolasi orqali ma’lum qildi.

Kiritildi: 18:10 09.12.2019. O'qildi: 11263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!