Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda shifoxonalar soni 1 987 taga yetdi

O‘zbekistonda shifoxonalar soni 1 987 taga yetdi



🏢 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan shifoxona muassasalari soni 1 987 tani tashkil etgan.

📊 Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 15 taga ko‘paygan.



🏥 Shifoxona muassasalarining 1 384 tasi kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ekti hisoblanadi.

🩺 Shuningdek, mazkur davrda respublikada 8 912 ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi faoliyat yuritgan bo‘lib, ularning 5 929 tasi kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ekti sifatida faoliyat yuritgan. Ularning soni 2024 yilga nisbatan 805 taga ko‘paygan.



🇺🇿 Shifoxona muassasalarining hududlar kesimidagi soni:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 62 ta;

Andijon viloyati — 265 ta;

Buxoro viloyati — 135 ta;

Jizzax viloyati — 71 ta;

Qashqadaryo viloyati — 137 ta;

Navoiy viloyati — 45 ta;

Namangan viloyati — 201 ta;

Samarqand viloyati — 194 ta;

Surxondaryo viloyati — 96 ta;

Sirdaryo viloyati — 48 ta;

Toshkent viloyati — 146 ta;

Farg‘ona viloyati — 246 ta;

Xorazm viloyati — 84 ta;

Toshkent shahri — 240 ta.

Kiritildi: 17:24 05.10.2026. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!