Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda qamoqdan chiqqan ayollarning nechtasi ishga joylashgan?

O‘zbekistonda qamoqdan chiqqan ayollarning nechtasi ishga joylashgan?

Iyul oyidan buyon 129 nafar jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarning ishga joylashishiga yordam berildi. Bu haqda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Umida Abdullayeva AOKAda bo‘lib o‘tgan “Xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlar haqida” mavzusidagi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

“Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytib kelgan yoki jinoyat sodir etgan ayollarni moslashtirish va reabilitasiya jarayoni o‘zicha kechmaydi. Shu qatorda ish muammosi juda dolzarb muammo. Bugungi kunga qadar 4 oy davomida 129 nafar xotin-qizlarga yordam berdik”, - deya ma’lum qildi Umida Abdullayeva.

Shuningdek, u Xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila markazi, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa vazirlki va idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilayotgani qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar 32,8 foizga  -4861 tadan 3267 taga kamayishiga eritilgan. 25 mingdan ortiq oilaning notinchligiga barham berilgan hamda 10 mingdan ortiq yosh oilaning ajrashib ketishi oldi olingan.

 

Kiritildi: 17:18 05.12.2019. O'qildi: 1981 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!