Bugun 8 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 22 foizga oshdi

O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum qilinganlar soni 22 foizga oshdi

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil yanvar–iyun oylarida respublikada 11 703 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilingan.

📈 Bu ko‘rsatkich 2025 yilning shu davriga nisbatan 2 133 nafarga yoki 22 foizga ko‘p.

Eng ko‘p holat:
🔹 Toshkent shahri — 2 030 nafar;
🔹 Farg‘ona viloyati — 1 462 nafar;
🔹 Toshkent viloyati — 1 452 nafar.

Eng kam ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda — 317 nafar.

⚖️ Shuningdek, Toshkent shahrida 2 nafar shaxsga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha 5 788 nafar, bezorilik bo‘yicha 1 789 nafar, qasddan odam o‘ldirish bo‘yicha 179 nafar shaxs sudlangan.

Korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha esa 3 605 nafarga yaqin shaxs sudlangan. Shundan 779 nafari qamoq jazosiga hukm qilingan.

Kiritildi: 09:00 07.09.2026. O'qildi: 591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!