Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda neft va gaz necha yilga yetadi?

O‘zbekistonda neft va gaz necha yilga yetadi?

O‘zbekistonning hozirda tasdiqlangan uglevodorodlar zaxiralari 20-30 yilga yetadi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov xabar berdi.

“Geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha juda katta, istiqbolli yo‘nalishlar mavjud. Biroq, hozirda tasdiqlangan zaxira 20-30 yilga yetadi», - dedi Sidiqov jurnalistlarga.

Uning ta’kidlashicha, kompaniya har yili zaxiralar hajmi o‘sishi qazib olishga qaraganda ko‘proq bo‘lishi ustida ish olib bormoqda.

«Bu bizga 20-30 yil davomida oldinga harakat qilish imkonini beradi. Har bir davrda yaqin 20 yil uchun gaz bilan ta’minlash bo‘yicha rejamiz bo‘ladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy gazning tasdiqlangan zaxiralari 2008-2018 yillarda 4 foizga qisqargan, tabiiy gaz zaxiralari o‘rnini bosishning o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘tgan 5 yilda taxminan 70 foizni tashkil etdi. 

Moliya mablag‘larining yetarli emasligi va moddiy-texnik resurslar taqchilligi natijasida 2017-2018 yillarda tabiiy gaz qazib olishning o‘sishi prognoz ko‘rsatkichlaridan bor-yo‘g‘i 42 foizga ta’minlangan.

Kiritildi: 15:59 12.07.2019. O'qildi: 3065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!