Bugun 15 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda MICS–2027 kuzatuvi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda MICS–2027 kuzatuvi o‘tkaziladi



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–190-son Farmoniga muvofiq, 2026–2027 yillarda Multiindikator klaster kuzatuvining 7-raundi – MICS–2027 o‘tkaziladi.

Multiindikator klaster kuzatuvi oilalar, ayollar va bolalarning turmush sharoitini baholashga qaratilgan xalqaro statistik kuzatuv hisoblanadi.

Kuzatuv jarayonida aholi salomatligi, ta’lim, ovqatlanish, sanitariya-gigiyena sharoitlari, bolalarni himoya qilish, ijtimoiy farovonlik va oilalarning turmush sharoitiga oid muhim ma’lumotlar to‘planadi.


Kuzatuv natijalari mamlakatda bolalar va ayollarning holatini kompleks baholash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va mavjud chora-tadbirlarning samaradorligini o‘rganish imkonini beradi.

Shuningdek, shakllantirilgan ma’lumotlar Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlarini monitoring qilish hamda xalqaro taqqoslashlarni amalga oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.



Respondentlar tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistonda so‘nggi MICS kuzatuvlari 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan
Kiritildi: 16:41 14.09.2026. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!