Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda «metan» narxi oshgani bo‘yicha xabarga izoh berildi

A A A
O‘zbekistonda «metan» narxi oshgani bo‘yicha xabarga izoh berildi

O‘zbekistonda metan gazining narxi oshgani bo‘yicha xabarlar asosga emas. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namanganda joylashgan metan «zapravka»dagi holatga ham izoh berildi. Aytilishicha, Namangan viloyatidagi barcha metan «zapravka»larga ularning talablariga asosan belgilangan limitga ko‘ra, tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgan.

Videoda tarqalgan holatdagi «zapravka» esa berilgan oylik limitni ishlatib bo‘lgan. Bugun soat 00:00 dan yangi oy boshlanadi va mazkur «zapravka»ga gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, metan «zapravka»larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo‘q. Agar zapravkalarda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlariga guvoh bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 raqamli «Ishonch telefoni» qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 05:52 01.08.2023. O'qildi: 3487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!