Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirusga necha yoshlilar ko‘proq chalinmoqda?

O‘zbekistonda koronavirusga necha yoshlilar ko‘proq chalinmoqda?

O‘zbekistonda koronavirusga necha yoshlilar ko‘proq chalinayotgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bu haqda bugun o‘tkazilgan koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha Maxsus komissiya kengaytirilgan yig‘ilishida sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev aytib o‘tdi.

Ayni paytda mamlakat hududida ro‘yxatga olinayotgan koronavirusdan kasallanganlarning yoshma-yosh tahlili quyidagicha:

14 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtacha 13-15 foizni;

15-19 yoshdagilar 4-6 foizni;

20-29 yoshdagilar 11-14 foizni;

30-39 yoshdagilar 17-20 foizni;

40-49 yoshdagilar 10-15 foizni;

50-59 yoshdagilar 12-16 foizni;

60 yosh va undan kattalar 22-26 foizni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 16:55 17.04.2021. O'qildi: 4865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!