Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10500 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 10500 nafarga yaqinlashdi

2020 yil 7 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10459 (+97) nafarni tashkil etmoqda.  

Yangi kasallanish holatlarining 35 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 59 nafari Toshkent shahrida hamda 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 6690 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. 

‼️Hozirda mamlakatimizda 3732 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 25 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 10:02 07.07.2020. O'qildi: 3010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!