Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni yana o‘zgardi, qurbonlar oshdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni yana o‘zgardi, qurbonlar oshdi

2020 yil 29 oktyabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 392 (+79) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 
— 72 nafari Toshkent shahrida, 
— 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar, 
— Andijon viloyatida 11 nafar, 
— Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, 
— Namangan viloyatida 10 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 21 nafar, 
— Surxondaryo viloyatida 7 nafar, 
— Farg‘ona viloyatida 10 nafar, 
— Toshkent shahrida 62 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 63 581 (+135) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 250 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 

Kiritildi: 17:04 29.10.2020. O'qildi: 3110 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!