Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 62 000 nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni 62 000 nafarga yaqinlashdi

2020 yil 14 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 950 (+91) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 
— 85 nafari Toshkent shahrida, 
— 6 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 
— Toshkent viloyatida 58 nafar, 
— Toshkent shahrida 52 nafar, 
— Namangan viloyatida 31 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 16 nafar, 
— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar, 
— Farg‘ona viloyatida 8 nafar,  
— Qashqadaryo viloyatida 7 nafar, 
— Xorazm viloyatida 5 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, yurtimizda 58 951 (+188) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 485 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 18:05 14.10.2020. O'qildi: 2292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!