Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlarda kasallik belgilari qachon namoyon bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlarda kasallik belgilari qachon namoyon bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan bemorlarda kasallikning klinik belgilari aksariyat hollarda o‘ninchi kundan boshlab namoyon bo‘lmoqda. Bu haqda bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekovga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar berdi.

«Kasallikning yashirin davri deganda virus organizmga tushgandan keyin klinik belgilar namoyon bo‘lgunga qadar davom etadigan muddat tushuniladi. Koronavirusning yashirin davri 14 kun deb belgilangan.

Tibbiy kuzatuvlarimizdan ma’lum bo‘lmoqdaki, qariyb 95-97 foiz holatlarda koronavirusning klinik belgilari virus yuqqandan keyingi 10-, 12-kunlarda namoyon bo‘lishni boshlayapti», dedi Nurmat Otabekov 5 aprel kungi brifingda.

Ma’lumot uchun, koronavirusning asosiy klinik belgilari – tana haroratining ko‘tarilishi, quruq yo‘tal va nafas qisishi hisoblanadi.

Kiritildi: 15:55 05.04.2020. O'qildi: 9457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!