Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda kechga qadar yana 100 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kechga qadar yana 100 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

2020 yil 31 oktyabr soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 883 (+82) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining barcha 82 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar,
Andijon viloyatida 10 nafar, 
Jizzax viloyatida 11 nafar, 
Buxoro viloyatida 20 nafar, 
Qashqadaryo viloyatida 4 nafar, 
Navoiy viloyatida 3 nafar, 
Namangan viloyatida 8 nafar, 
Samarqand viloyatida 7 nafar, 
Sirdaryo viloyatida 17 nafar, 
Toshkent shahrida 61 nafar bemor tuzaldi.
 
Shunday qilib, yurtimizda 64 124 (+146) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2 193 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 18:05 31.10.2020. O'qildi: 2099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!