Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda inson a’zolari va to‘qimalari transplantasiyasi qonun bilan mustahkamlanadi

O‘zbekistonda inson a’zolari va to‘qimalari transplantasiyasi qonun bilan mustahkamlanadi

Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida “Inson a’zolari va to‘qimalari transplantasiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabarqilmoqda.

Muhokamada Oliy Majlis Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash, Yoshlar, madaniyat va sport masalalari hamda Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitalari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirok etishdi.

Qayd etilishicha, respublikada 5 ming nafar bemor jigar sirrozidan azob cheksa, ularning 500 nafari, ya’ni 10 foizi jigar transplantasiyasi amaliyotiga muhtoj. Bugungi kunga qadar mamlakatda jami 10 ta jigar transplantasiyasi amalga oshirilgan.

Istiqbolda buyrak ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini yiliga 250 taga yetkazish, jigar transplantasiyasini esa yiliga 50 taga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, yurak transplantasiyasini joriy etish va yiliga 50 ta amaliyot hamda o‘pka transplantasiyasini yo‘lga qo‘yish va yiliga 30 ta amaliyotni bajarish nazarda tutilgan.

Tadbirda so‘zga chiqqan senatorlar inson a’zolari va to‘qimalarini ko‘chirib o‘tkazish amaliyotini xorijda katta mablag‘ va vaqt sarflamasdan O‘zbekistonda ham amalga oshirish mumkinligiga urg‘u berdilar. Shuningdek, inson a’zolari va to‘qimalari transplantasiyasi borasida qonunchilikda belgilangan normalar bugungi kun talablariga mos emasligi, shu bois, mazkur qonun loyihasida aniq tartiblar belgilab berilayotganligi ta’kidlandi.

Kiritildi: 22:47 21.09.2021. O'qildi: 2006 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!