2025 yil 1 fevralda hukumat halol mahsulotlarni tekshirish va belgilash bo‘yicha tartib joriy qildi. Shu asosida “UzTest” davlat tashkiloti huzurida “UzHalalTest” nomli maxsus sertifikatlash organi tashkil etildi.
Bu organ 2025 yil 13 oktyabrda Turkiyaning tashkilotidan rasmiy ruxsat olgan.
Shundan keyin “UzTest”da “Peng Sheng Charm” QK MCHJ va “BIO-SUT” MCHJ vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tekshiruvlardan keyin, O‘zbekistonda birinchi marta aynan shu ikki korxonaga “Halol” belgisi berildi.
Bu esa mamlakatda halol sertifikatlash tizimi huquqiy va amaliy jihatdan ishlayapti, deganidir.