Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda harbiy hisob tizimi yangilanmoqda

O‘zbekistonda harbiy hisob tizimi yangilanmoqda

O‘zbekistonda yigitlar ID-karta olish jarayonida avtomatik tarzda harbiy hisobga qo‘yilishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Bu o‘zgarish Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan yangi farmon doirasida amalga oshirilmoqda. Hujjat harbiy xizmatchilarga to‘lanadigan kompensasiyalar miqdorini oshirish, shuningdek Mudofaa vazirligi tizimidagi fuqarolik xodimlari maoshini ko‘tarishni ham o‘z ichiga oladi.

Farmonga ko‘ra, harbiy hisob yuritish jarayonlari raqamlashtirilib, fuqarolarni hisobga olish tizimi soddalashtirilishi va markazlashtirilishi rejalashtirilgan.

Rasmiy manbalar ta’kidlashicha, bu islohotlar armiya tizimi samaradorligini oshirish va boshqaruv jarayonlarini zamonaviylashtirishga qaratilgan.

Kiritildi: 23:33 09.06.2026. O'qildi: 705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!