Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda har yili 600 ga yaqin ayol o‘z joniga qasd qilmoqda

O‘zbekistonda har yili 600 ga yaqin ayol o‘z joniga qasd qilmoqda

O‘zbekistonda esa o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha yiliga har 100 ming kishiga 5,2 ta holat to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deya xabar berdi AOKA matbuot xizmati.

«Hozirgi vaqtda o‘z joniga qasd qilish dunyo miqyosida jamiyatning global muammosiga aylanib qoldi, — dedi Elmira Bositxonova. — Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, har yili 4−5 million nafar inson o‘z joniga qasd qiladi. Yevropa mamlakatlari bu borad oldingi o‘rinlarda».

Ta’kidlanishicha, suiqasdning eng yuqori ko‘rsatkichlari so‘nggi yillarda rivojlangan mamlakatlarda qayd etilmoqda. Masalan, har 100 ming kishiga — Litvada 68,1 ta holat, Belarusda 63, Rossiyada 58, AQShda 52, Shri Lankada 44, Ukrainada 40 ta holat to‘g‘ri keladi.

«O‘zbekistonda esa o‘z joniga qasd qilish bo‘yicha yiliga har 100 ming kishiga 5,2 ta holat to‘g‘ri kelmoqda, — dedi Bositxonova. — Lekin shu ko‘rsatkich ham biz uchun ko‘p. Shuning uchun davlatimiz rahbari bu muammoga jiddiy e’tibor berish, uning oldini olish choralari bo‘yicha topshiriqlar beryaptilar».

Qo‘mita raisi mazkur holatlarni globallashuv davri bilan izohladi, globalizasiyaning ayanchli ta’sirlari O‘zbekistonga yetib kelishi mumkinligidan xavotir tuyishini aytdi.

«O‘zbekistonda 2019 yilning o‘tgan davrida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi suiqasd ko‘rsatkichlari tahlil qilinganda, erkaklar bilan bog‘liq holat 57,3 foizni, ayollar bilan bog‘liq holat 42,7 foizni tashkil etdi», — dedi Elmira Bositxonova.

Jurnalistlar o‘z joniga qasd qilayotganlarning nechtasi erkak, nechtasi ayol ekani, qanchasi voyaga yetmaganlar va shundan qanchasi qizlar ekani haqida aniq statistik raqamlar keltirishni so‘radi.

«Men foiz ko‘rsatkichlarida aytib o‘tdim, buni aholi soniga taqsimlab hisob-kitob qilsa, aniq raqamlar kelib chiqadi, — dedi Bositxonova. — O‘zbekiston aholisi 33 mln ekanini inobatga olsak va foizlar kesimida chamalasak, mamlakatimizda 700 dan ortiq erkak hamda 600 ga yaqin ayol suiqasd qilayotgani ma’lum bo‘ladi».

Manba: sof. uz

Kiritildi: 20:48 12.07.2019. O'qildi: 1838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!