Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonda "Halol" sertifikatiga ega kolbasa va konserva mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin

O‘zbekistonda "Halol" sertifikatiga ega kolbasa va konserva mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polshaning "Łuków" go‘sht kombinati rahbari Artur Osiak bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda o‘zbekistonlik tadbirkor "Al-Af" MCHJ rahbari Voxid Ermatov ham ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonda oziq-ovqat sohasida investisiyaviy loyihalarini amalga oshirish imkoniyati muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida "Łuków" zamonaviy texnologiyalari asosida "Al-Af" MCHJda "Halol" ega sertifikatiga kolbasa va konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish, O‘zbekistondan shisha idishlarni eksport qilish hamda kombinatga mamlakatimiz fuqarolarini ishga jalb qilish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston diplomatik missiyasi xodimlari, shuningdek, ushbu kompaniyada mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolarining ish va yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirishdi.

"Łuków" kompaniyasi 1973 yilda tashkil etilgan. Korxona Polshadagi eng yirik kolbasa va konserva mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi.

Kiritildi: 11:00 11.06.2024. O'qildi: 1085 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!