Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda eng ko‘p kartoshka qayerda yetishtirildi?

O‘zbekistonda eng ko‘p kartoshka qayerda yetishtirildi?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 mln. 543,8 ming tonna kartoshka yetishtirildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 % ga ko‘p.

Etishtirilgan jami kartoshkaning 92,0 % i dehqon xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Samarqand 286,3 ming tonna, Surxondaryo 210,3 ming tonna va Farg‘ona viloyati 191,4 ming tonna kartoshka yetishtirish bilan yuqori o‘rinlarni band etgan.

Bu borada Jizzax viloyati 10,4 ming tonna, Sirdaryo 25,8 ming tonna va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 26,9 ming tonna bilan kartoshka yetishtirishda eng so‘nggi o‘rinda qayd etilgan.

Kiritildi: 19:08 29.07.2021. O'qildi: 3707 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!