O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 2 iyul kunidan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, bir AQSh dollari 7846 so‘m, 27 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi ko‘rsatkichga nisbatan 25,39 tiyinga arzonladi.
1 yevro 7 so‘m, 62 tiyinga arzonlab, 9166,80 tiyinni tashkil etdi.
1 Rossiya rubli 4 tiyinga arzonladi va 125,06 tiyinni tashkil etdi.
Qozog‘iston tengesi 0,16 tiyinga arzonlab, 22,99 tiyinni tashkil etdi.
1 Qirg‘iziston somi 20 tiyinga arzonlab, 115,39 tiyin, 1 Tojikiston somoni 8 so‘m, 85 tiyinga arzonlab, 857,21 so‘mni tashkil etmoqda.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Manba: qalampir.uz