O‘zbekistonda davlat idoralari ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beruvchi platforma yaratildi. Bu haqda "Norma.uz" xabar berdi.
Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining "Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma’lumotlar axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan.
U bilan "Elektron hukumat" tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.
Shuningdek, platforma orqali tijorat va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar davlat idoralari ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan pullik asosda foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Nizom asosiy qoidalari:
Qaror bilan "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom (platforma davlat organlarining idoralararo hamkorligi uchun mo‘ljallangan), davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilari o‘zaro hamkorlikda ishlashi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Hujjat 20 sentyabrdan boshlab kuchga kirgani ma’lum qilingan.