Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda dars beradigan AQSh o‘qituvchilarining xarajatlari qanday qoplanadi?

O‘zbekistonda dars beradigan AQSh o‘qituvchilarining xarajatlari qanday qoplanadi?

AQShlik pedagoglar xarajatlari AQSh tomonidan, Rossiyaliklarniki esa Rossiya tomonidan qoplanadi. Ular bizning o‘qituvchilar bilan parallel ravishda dars o‘tadi, soatini olib qo‘ymaydi. Xitoydan kelayotgan 1300 ta kompyuter sinflari xarajatlari Xitoy tomonidan qoplanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.

"Avvalgi yangiliklarga bu chet ellik o‘qituvchilarga shuncha pulni berib, bizning o‘qituvchilar nonini yarimta qilayapti degan ma’nodagi izohlarni o‘qib, shu masalaga oydinlik kiritib qo‘yish kerak ekan deb o‘yladim: Prezidentimiz tomonidan dunyodagi eng salohiyatli davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilishi ortidan ushbu davlatlar tomonidan O‘zbekistondagi ta’lim islohotlariga ko‘maklashish uchun katta grant mablag‘lari ajratilmoqda. Odatda, grant mablag‘lari o‘zbek tomonga pul ko‘rinishida emas, balki o‘sha davlat tomonidan moddiy (masalan, Xitoydan kompyuterlar) yoki nomoddiy (AQShdan va Rossiyadan o‘qituvchilar xizmati) yordam ko‘rinishida beriladi. Bundan tashqari yana ko‘plab mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ham yordam bermoqda.  Ularga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz", deb yozdi u.

Kiritildi: 09:28 11.02.2021. O'qildi: 3214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!