O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yilida 11 mingdan ortiq o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan 621 ming nafardan ortig‘i 9-sinf, 472 ming nafardan ortig‘i 11-sinf bitiruvchilaridir. Bugungi kunda respublikada 10 193 ta maktab mavjud bo‘lib, uni bitirganlarga mamlakatda 207 ta oliygoh va 643 ta texnikum zamonaviy bilim, kasb va malaka berishga tayyor.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni maktab bitiruvchilarini tabriklab, katta maqsadlar qo‘yishdan hech qachon qo‘rqmaslikka, ishonch bilan hamisha olg‘a borishga chaqirdi. Barcha o‘quvchilarga baxt va omad hamisha yor bo‘lishini tiladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar soni 6 mln 870 ming nafarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 94,2 ming nafarga oshgan. Jami o‘quvchilarning 51,2 foizini o‘g‘il bolalar, 48,8 foizini qiz bolalar tashkil qilgan.