O‘zbekiston Moliya vazirligi «Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.
«Minimal narxlar amalda har yili oshadi, qoidaga ko‘ra, bu boradagi tegishli qaror dekabr oxirida qabul qilinadi, yangi narxlar esa yanvar oyidan kuchga kiradi — ushbu amaliyot kamida 2010 yildan beri davom etib kelmoqda», — deb yozadi Spot.
Amaldagi narxlar 2019 yilning noyabrida o‘rnatilgan edi. 2020 yilda narxlarni 1 oktyabrdan yangilash taklif etilmoqda (pivodan boshqa).