Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekistonda akademik liseylarga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

O‘zbekistonda akademik liseylarga hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi

Qayd etilishicha, akademik liseylarga 2021/2022 o‘quv yili uchun hujjat topshirish istagida bo‘lgan, ma’lum sabablarga ko‘ra hujjat topshirishga ulgurmaganlar uchun 10 kun davomida onlayn tarzda «litsey.edu.uz» elektron platformasi orqali belgilangan hujjatlarni topshirish imkoniyati yaratilgan.

Akademik liseylarga o‘quvchilarlardan hujjatlarni qabul qilish 29 iyuldan boshlanib, 7 avgust (shu kuni ham) kuni soat 24:00 ga qadar davom etadi.

«Qabul yakunlanguniga qadar elektron platforma orqali onlayn arizangiz holatini tekshirishingiz va o‘zgartirishlar kiritishingiz mumkin», deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekistonda oliygohlarga kirish test sinovlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, 2021 yilgi test sinovlarida nechta savol tushishi ochiqlangan.

Kiritildi: 22:11 27.07.2021. O'qildi: 2875 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!