Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda aholi yoppasiga koronavirusga test qilinishi mumkinmi? 

O‘zbekistonda aholi yoppasiga koronavirusga test qilinishi mumkinmi? 

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKA huzuridagi shtabda tashkil qilingan brifingda O‘zbekistonda koronavirus uchun ommaviy test qilish tadbirlari o‘tkazilmasligini bildirdi. 

«Koronavirus uchun ommaviy test olish tadbirlari o‘tkazilmaydi. Bu imkonsiz va maqsadga muvofiq ham emas. Har bir test tizimi o‘tkazilganidan keyingina o‘zini oqlashi kerak, u iqtisodiy jihatdan ham befoyda bo‘lmasligi zarur», — deya ta’kidlagan Nurbek Otabekov.

Bosh davlat sanitariya inspektori koronavirus yuqtirgan bemorlar tuzalib chiqqanidan so‘ng nimalarga e’tibor berishi lozimligi to‘g‘risida ham ma’lumot berdi.

«Hozircha 8 nafar bemor tuzalgan, ular kasallikdan xalos bo‘lgandan so‘ng reabilitasiya markazlariga o‘tkazildi. Ma’lum muddat reabilitasiya markazlarida saqlangandan so‘ng bemorlarning uylariga ketishiga ruxsat berildi.

Kasallikdan tuzalgan shaxslar ham uyda gigiyena qoidalariga rioya qilishi, ortiqcha odamlar yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymasligi, tibbiy xodimlar kuzatuvida bo‘lishi shart», — deydi Nurmat Otabekov.

Kiritildi: 19:03 01.04.2020. O'qildi: 3416 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!