Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda 9 oyda 23,8 ming oilaga darz ketdi. Ro‘yxat boshida Andijon turibdi

O‘zbekistonda 9 oyda 23,8 ming oilaga darz ketdi. Ro‘yxat boshida Andijon turibdi

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 23,8 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffisiyenti 1,0 promilleni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qilmoqda.
 
Ajrimlar sonida 2017 yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Andijon (21,2 %), Toshkent shahriga (18,2 %), Surxondaryo (9, 5%) va Toshkent (5,3 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
 
2017 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Xorazm (29,8 %) va Qashqadaryo (20,9 %) viloyatlarida kuzatildi.
 
2018 yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 196,0 ming nikoh qayd etilgan. Mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffisiyenti 8,0 promilleni tashkil etdi.
 
Tuzilgan nikohlar soni 2017 yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Sirdaryo (10,9 %),  Jizzax (9,5 %), Andijon (7,2%), Farg‘ona (7,4 %) va Toshkent (6,7 %) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Manba: qalampir.com

Kiritildi: 08:15 14.10.2018. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!