Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

😔 O‘zbekistonda 7 soatda 300 ga yaqin odamda virus aniqlandi. Qurbonlar ham bor

😔 O‘zbekistonda 7 soatda 300 ga yaqin odamda virus aniqlandi. Qurbonlar ham bor

🔺2020 yil 15 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34528 (+277) nafarni tashkil etmoqda.
 
🔴Yangi kasallanish holatlarining barcha 277 nafari ham Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
🔴Shu bilan birga, Navoiy shahrida yashagan 53 yoshli U.X. (erkak) hamda Nurafshon shahrida yashagan 79 yoshli B.J. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
❗️E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar yurtimizda 667 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar 29328 nafarga (85 foiz) yetdi.
 
‼️Hozirda mamlakatimizda 4975 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 

Kiritildi: 17:13 15.08.2020. O'qildi: 5659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!