Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda 57 nafar sportchiga umrbod oylik to‘lanadi. Ular orasida kimlar bor?

O‘zbekistonda 57 nafar sportchiga umrbod oylik to‘lanadi. Ular orasida kimlar bor?

Umrbod oylik to‘lanadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari ro‘yxati e’lon qilindi.

Ularga Jismoniy tarbiya va sport vazirligining har yili tasdiqlanadigan Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan:

Oltin medal uchun eng kam oylik ish haqining 10 barobari;

Kumush medal uchun eng kam oylik ish haqining 5 barobari;

Bronza medal uchun eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida umrbod oylik to‘lab boriladi.

Sportchi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqsa yoki musobaqada boshqa davlat nomidan ishtirok etsa, butunjahon antidoping tashkiloti (WADA) tomonidan taqiqlangan dori vositalari qo‘llagani aniqlanib, Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorligidan mahrum etilsa, sud qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etilsa, vafot etsa umrbod oylik to‘lov to‘xtatiladi.
Bugungi kunda umrbod oylik to‘lov to‘lab boriladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindori soni 57 nafarni tashkil etadi. Ular orasida Hasanboy Do‘stmatov, Fazliddin G‘oibnazarov, Shahobiddin Zoirov, Bektemir Meliqo‘ziyev, Shahram G‘iyosov kabi Rio Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari mavjud.

Kiritildi: 17:23 14.02.2019. O'qildi: 4323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!