Bugun 14 avgust, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

O‘zbekistonda 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

Shavkat Mirziyoyev sud-huquq tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, 2027 yil 1 iyuldan 5 ta hududlararo sudlar tashkil etiladi va taftish instansiyasining vakolatlari ushbu sudlarga beriladi.

Bu bir sudning o‘z qarorini o‘zi qayta ko‘rib chiqishi amaliyotiga chek qo‘yadi va fuqarolarning adolat izlab poytaxtga borish zaruratini kamaytiradi. Shuningdek:

🔸Oliy sud Rayosati qarorlarini qamrab oladigan ochiq "Presedentlar reestri"ni joriy qilish;
🔸2028 yildan "sud ma’murchiligi" institutini yo‘lga qo‘yish;
🔸barcha sudlarda "Raqamli sud" tizimini to‘liq ishga tushirish;
🔸sudlarga murojaatlarning kamida 50 %ni elektron shaklga o‘tkazish rejalashtirilgan.

Strategiya doirasida 2030 yilga qadar 33 ta maqsadga erishish belgilangan.

Kiritildi: Bugun 17:27. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!