Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda 300 ming dona gibrid va elektr avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda

A A A
O‘zbekistonda 300 ming dona gibrid va elektr avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda

Kecha O‘zbekiston Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Xitoyning BYD konglomerati o‘rtasida "O‘zbekistonda gibrid va elektr avtomobillar va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish" Investisiya bitimini imzolashning tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilda Xitoy konserni muqobil energiyada harakatlanuvchi avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisiga aylandi.

Imzolangan hujjatga ko‘ra, «BYD Auto» kompaniyasi va «O'zavtosanoat» AJ tomonidan mamlakatimizda gibrid va elektr avtomobillar ishlab chiqaruvchi " BYD Uzbekistan Factory " qo‘shma korxonasi tashkil etiladi. Investisiya loyihasining birinchi va ikkinchi bosqichlarida rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmi 50 ming dona, uchinchi bosqich yakunlanishi bilan esa bu ko‘rsatkich 300 ming dona avtomobilni tashkil etadi.

Marosimda ta’kidlanganidek, «BYD Uzbekistan Factory» elektromobillar bo‘yicha jahon yetakchisining Xitoydan tashqarida birinchi qo‘shma korxonasi bo‘ladi, bunga O‘zbekistonning mashinasozlik sohasida sanoat, fan va texnika yutuqlari hamda O‘zbekistonning investisiyaviy jozibadorligi tufayli erishildi.

Kiritildi: 10:52 27.09.2023. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!