Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda 1 martdan Prezident sayloviga tayyorgarlik boshlanadi

O‘zbekistonda 1 martdan Prezident sayloviga tayyorgarlik boshlanadi

O‘zbekistonda 1 martdan Prezident sayloviga tayyorgarlik boshlanadi. Bu haqda muhokamaga qo‘yilgan 2021 yilgi Davlat dasturi loyihasida keltirilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuksak saviyada o‘tkazish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. Mazkur vazifani bajarish muddati etib, 2021 yil 1 mart sanasi belgilangan.

Dasturda saylov komissiyalari a’zolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar bo‘yicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish hamda aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.

Shuningdek, xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha takliflar ham ishlab chiqiladi.

Kiritildi: 14:00 19.01.2021. O'qildi: 3420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!