O‘zbekistonda 1 aprel 6:00 ga qadar shaxsiy avtomobilda ruxsatnomasiz (maxsus stikersiz) harakatlanishga ruxsat berildi. Bu haqdagi tegishi e’lonlar Davlat xizmatlari markazlariga joylashtirilgan.

Rusxatnoma olish jarayoni Yagona portal — My.gov.uz orqali amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Avvalroq 30 mart soat 6:00 dan boshlab ruxsatnomasiz (maxsus stikersiz) mashinalarda harakatlanish taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.