Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston zahiralari rekord darajadagi 35,9 milliard dollarga yetdi

O‘zbekiston zahiralari rekord darajadagi 35,9 milliard dollarga yetdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyida 745,3 million dollarga ortib, 35,9 milliard dollarga yetdi. Bu Markaziy bank tomonidan 2013 yildan beri oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qilinishi boshlangan davrdagi rekord ko‘rsatkichdir.

O‘sish, asosan, oltin zahiralari qiymatining 444,2 million dollarga oshib, 21,3 milliard dollarga yetgani hisobiga sodir bo‘ldi. Shu bilan birga, ularning jismoniy hajmi ham 0,2 million unsiya (6,2 tonna), yani 11,1 million unsiyaga (taxminan 345,2 tonna) oshdi.

Xorijiy valyuta zaxiralari aprel oyida 331,3 million dollarga oshib, 13,5 milliard dollarga yetdi.

Kiritildi: 11:05 21.05.2022. O'qildi: 3058 marta. Fikrlar soni: 12 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!