Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempionatlarida yirik g‘alabaga erishdi

O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempionatlarida yirik g‘alabaga erishdi

24 aprel kuni O‘zbekiston yosh xokkeychilari Osiyo va Okeaniya chempionatini g‘alaba bilan boshladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda xokkey bo‘yicha Osiyo va Okeaniya chempionati boshlangan. Toshkent va Samarqand shaharlarida tashkil etilgan turnirda birinchi davra uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan. Birinchi uchrashuvda sportchilar Eron terma jamoasini yirik 19:0 hisobida mag‘lub etishgan.

To‘qnashuv oldidan “Humo Arena” sport majmuasida turnirning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan. Tadbirda Xalqaro xokkey federasiyasi, Sport vazirligi va Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etishgan.

O‘zbekiston jamoasi musobaqada “A” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, unda Erondan tashqari Tailand, Malayziya va Quvayt jamoalari ham bor.

Kiritildi: 16:52 24.04.2024. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!