Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston Yaponiyaga quruq mevalar eksport qilishni boshlaydi

O‘zbekiston Yaponiyaga quruq mevalar eksport qilishni boshlaydi

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi delegasiyasi amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatning Xokkaydo prefekturasida bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar berdi.

Tashrif davomida Xokkaydo prefekturasi gubernatori Naomichi Suzuki, Sapporo shahri meri Kasuxiro Akimoto, Xokkaydo universiteti vise-rektori Aya Takaxashi, shuningdek, ARCS Group, Gorizontal Line Co.Ltd., ROYCE Confect Co., Ltd., OISCA tashkilotining Xokkaydo bo‘limi rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilgan.

Xususan, Yaponiyaning qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yirik ROYCE Confect Co., Ltd. kompaniyasining ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurilib, ushbu kompaniyaning xalqaro aloqalar departamenti direktori Maiko Yamazaki bilan o‘tkazilgan suhbat davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan qandolatchilik mahsulotlarida O‘zbekistonda tayyorlangan quruq mevalardan (mayiz, yong‘oq) foydalanish masalasi muhokama qilinib, ushbu taklif yaponlarda katta qiziqish uyg‘otgan.

Shuningdek, tashrif davomida, shuningdek, Horizontal Line Co.Ltd kompaniyasi prezidenti Ryu Xiray bilan o‘zbek milliy mahsulotlarini yapon bozoriga eksport qilish masalalari muhokama qilingan.

Ryu Xiray hozirgi kunda kompaniya tomonidan Silk Raisin brendi ostida quritilgan mevalarni Yaponiyaga eksport qilish masalasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha mamlakatimizdan Yaponiyaga quruq mevalar, to‘qimachilik mahsulotlari eksportini oshirish, o‘zaro hamkorlikda Xokkaydo prefekturasi savdo tarmoqlarida mahalliy mahsulotlarni keng targ‘ib qilish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Kiritildi: 10:41 20.02.2024. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!