Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Rossiya to‘qimachilik sohasida chegarasiz hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Rossiya to‘qimachilik sohasida chegarasiz hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

“O‘zbekiston – Rossiya” hududlararo biznes forumi doirasida O‘zbekiston va Rossiya yengil sanoati vakillari ishtirokida “To‘qimachilik sohasida chegara bilmas hamkorlik” mavzusida biznes sessiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Sessiya doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” va Ivanovo viloyati orasida tikuvchilik, to‘qimachilik va trikotaj sohasida umumiy qiymati 60 mln AQSh dollari bo‘lgan Hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Undan tashqari Rossiya Sanoat va Savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi orasida umumiy qiymati 550 million dollar bo‘lgan Eksport va o‘zaro sarmoyalar haqida shartnoma imzolandi.

Uchrashuv so‘ngida rossiyalik mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: sputniknews-uz.com
Kiritildi: 16:07 21.10.2018. O'qildi: 1143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!