Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yettita memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yettita memorandum imzolandi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishbilarmonlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha hamkorlik doirasida memorandumlar imzolandi.

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifi doirasida ikkala mamlakatning yuzdan ortiq ishbilarmonlari hamkorlik masalalarini muhokama qilib, bir qator hamkorlik shartnomalarini imzoladilar. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha yettita memorandum imzolandi

Jumladan,

  • Qirg‘iziston zargarlar va tadbirkorlar uyushmasi va O‘zbekiston «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Qirg‘iziston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi «O‘sh viloyati hududiy boshqarmasi» muassasasi va O‘zbekiston Respublikasi Andijon hududiy savdo-sanoat palatasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • JIA biznes uyushmasi va O‘zbekiston eksportyorlari assosiasiyasi o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv to‘g‘risida;
  • Qirg‘iziston farmasevtika ittifoqi va O‘zbekiston farmasevtika sanoatini rivojlantirish agentligi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Qirg‘iziston Respublikasining «Ekoeksport» MCHJ va O‘zbekiston yaylov xo‘jaliklarini rivojlantirish assosiasiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risida;
  • Qirg‘iziston turoperatorlari assosiasiyasi va O‘zbekiston turizm investorlari assosiasiyasi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Bazalt wool kompaniyasi va «Fast grupp» MCHJ o‘rtasidagi 20 mln dollarlik hamkorlik to‘g‘risida.
Kiritildi: 21:00 26.01.2023. O'qildi: 2065 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!