Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston va Ozarbayjon onlayn tijorat platformasini yaratmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon onlayn tijorat platformasini yaratmoqda

O‘zbekiston va Ozarbayjon ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlikni osonlashtirish uchun umumiy onlayn tijorat platformasini ochadi. Bu haqda O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Guba shahrida bo‘lib o‘tgan II Ozarbayjon-O‘zbekiston mintaqalararo forumi chog‘ida ma’lum qildi.

«Bu biznesmenlar bir-birlarini bemalol topishlari mumkin bo‘lgan savdo maydonchasi bo‘ladi, ham savdo operasiyalarini amalga oshirish, ham investisiya loyihalarini birgalikda boshlash bo‘yicha», - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Trend.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, platforma ishbilarmonlarga savdo-iqtisodiy sohada yangi loyihalarni amalga oshirish uchun biznes hamkorlar topish imkonini beradi.

Kiritildi: 17:20 22.05.2024. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!