Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston tumanida aldangan ayol IIBga murojaat qildi

O‘zbekiston tumanida aldangan ayol IIBga murojaat qildi

O‘zbekiston tumani. 13 iyun kuni R.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021 yil 19 may kuni noma’lum shaxs bilan internet ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishib, internet ijtimoiy tarmog‘idagi sovrinli o‘yinda pul mukofotini yutib olganligini va ushbu pullarni plastik kartasi hisobiga o‘tkazib berishini aytib, aldov yo‘li bilan nomiga rasmiylashtirilgan tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta raqami va kodini aldov yo‘li bilan olib, plastik kartasi hisobida bo‘lgan 1.838.009 so‘m pul mablag‘larini boshqa plastik karta hisobiga o‘tkazish orqali qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘lmii tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.B. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 11:04 03.09.2021. O'qildi: 2034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!