“Dunyo” axborot agentligi rahbari Omonulla Fayziyev tashqi ishlar vaziriga matbuot kotibi bo‘lgan.
U Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligi rahbari sifatida 2024 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Fayziyev Omonulla Lutfullayevich 1985 yilda tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini (2007 yil bakalavr, 2009 magistr), shuningdek, 2012 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.