Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20-21 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Asosiy e’tibor O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichda yanada mustahkamlash, sanoat, energetika va kimyo tarmoqlarida, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida kooperasiyani kengaytirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalariga qaratiladi.

Sammit yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tashrif davomida Ashxobod shahrida “Toshkent” bog‘ini ochish va Chegaraoldi savdo markazini qurish bo‘yicha loyihani birgalikda boshlab berish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 19:13 19.10.2022. O'qildi: 1650 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!