Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiya Prezidentlari tabiiy gaz yetkazib berishga start berdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tabiiy gaz yetkazib berilishiga start berdi.

Teleko‘prik tarzida o‘tgan marosimda davlatimiz rahbari energetika sohasidagi uch tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqadigan ushbu voqeaning tarixiy ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston va Rossiya yetakchilariga ushbu loyihaning ro‘yobga chiqarilishini shaxsan qo‘llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorlik bildirdi. Gaz yetkazib berishni juda qisqa muddatda tashkil etish, magistral gaz quvuri qismlarini rekonstruksiya qilish, kompressor stansiyalarini modernizasiya qilish va yangi “Beynov” gaz-o‘lchov stansiyasini qurish ishlarida ishtirok etgan mutaxassislarga alohida rahmat aytdi.

Rossiya gazini “revers” tarzda import qilish boshlanayotgani O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu loyiha mamlakatimiz energetik xavfsizligini ta’minlash, “moviy yoqilg‘i”ni kafolatli yetkazib berish manbalarini diversifikasiya qilish yo‘lida oldinga tashlangan katta qadam, iste’moldagi mavsumiy nomutanosiblikni qoplash, aholini gaz va elektr energiyasi bilan ishonchli va uzluksiz ta’minlash uchun energiya resurslarining qo‘shimcha hajmlari demak.

Ushbu yirik loyihaning ro‘yobga chiqarilish va uning natijalari uch mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Kiritildi: 19:00 07.10.2023. O'qildi: 3572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!