Bugun 28 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston qizamiqdan xoli davlat maqomini yo‘qotdi

O‘zbekiston qizamiqdan xoli davlat maqomini yo‘qotdi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, qizamiq kasallanishi keskin oshgani sababli O‘zbekiston qizamiqni to‘liq yo‘q qilgan davlat maqomidan mahrum bo‘ldi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Avstriya, Armaniston va Ozarbayjon ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qizamiqni emlash orqali 100% oldini olish mumkin, biroq vaksina qamrovi pasaysa, kasallik juda tez tarqaladi. U yuqori isitma va toshma bilan boshlanadi, og‘ir asoratlar, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikni jilovlash uchun emlash darajasi kamida 95% bo‘lishi kerak. Aks holda virus yana keng tarqala boshlaydi.

So‘nggi yillarda dunyoda vaksinalarga ishonchsizlik kuchaygani fonida qizamiq va oldini olish mumkin bo‘lgan boshqa kasalliklar qayta ko‘paymoqda.

JSST mamlakatlarni, ayniqsa, bolalar orasida emlashni kuchaytirishga chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 19:37. O'qildi: 390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!