Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘yini TV orqali translyasiya qilinmaydi

O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘yini TV orqali translyasiya qilinmaydi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy jamoasi noyabr oyida JCH-2022 saralash bosqichida Saudiya Arabistoni va Falastin jamoalariga qarshi maydonga chiqadi.

Ushbu o‘yinlarga tayyorgarlik olib borayotgan Vadim Abramov jamoasi 9 noyabr kuni Qirg‘iziston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

“Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘yin TV orqali translyasiya qilinmaydi”, deya insayd bilan o‘rtoqlashdi Tribuna.uz manbasi.

“Bu Vadim Abramovning istagi. U Saudiya Arabistoni vakillari jamoamizni o‘rganib olishini istamayapti. O‘rtoqlik o‘yinida uning o‘z o‘ylanmalari bordirki, shunday qarorga kelgan. Marhamat, stadionga boringlar, muxlislar”, deya xabar bermoqda o‘z manbamiz.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston – Qirg‘iziston termalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 9 noyabr, shanba kuni o‘tkaziladi. Bahs “Paxtakor” stadionida soat 17:00da boshlanadi.

Kiritildi: 20:20 04.11.2019. O'qildi: 2363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!