Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston qamoqxonalarida qancha mahbus bor?

O‘zbekiston qamoqxonalarida  qancha mahbus bor?

O‘zbekiston qamoqxonalarida jami 22,8 ming nafar mahbus bor. Mamlakatda har 100 ming kishiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelmoqda.
World Prison Brief tomonidan qamoqxonalarda saqlanayotgan mahbuslar soni bo‘yicha mamlakatlar reytingi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 62-o‘rinda qayd etdi.

Ushbu ko‘rsatkichlar Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari — Turkmaniston qamoqxonalarida 35000 nafar (har 100 ming kishiga 576 nafar), Qozog‘iston qamoqxonalarida 29403 nafar (har 100 ming kishiga 157 nafar), Qirg‘iziston qamoqxonalarida 10142 nafar (har 100 ming kishiga 161 nafar) Tojikiston qamoqxonalarida 8000 nafar (har 100 ming kishiga 83 nafar) mahbus bor.

AQSh reytingda birinchi o‘rinni egallagan. Mamlakat qamoqxonalarida jami 2 mln. 68 ming 800 nafar amerikalik mavjud.

Kiritildi: 08:33 27.10.2021. O'qildi: 1917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!