Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Parijga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Parijga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11 mart kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘p qirrali O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

Sammit yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Kiritildi: 15:53 11.03.2025. O'qildi: 1327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!