Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston Prezidenti Koreyaning “SK Group” kompaniyasi raisini qabul qildi

A A A
O‘zbekiston Prezidenti Koreyaning “SK Group” kompaniyasi raisini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 oktyabr kuni Koreyaning yetakchi «SK Group» kompaniyasi raisi, Koreya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Che Txe Von boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda “SK Group” kompaniyasi bilan yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish, xususan, Toshkent viloyatida mis folga ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi istiqbolli loyihalarga alohida e’tibor qaratildi. Yarimo‘tkazgichlar sanoatida muhandislik kadrlarini tayyorlash va ilmiy izlanishlar o‘tkazish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Koreya Savdo-sanoat palatasi ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalarini ustuvor tarmoqlardagi kooperasiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilishda faol ishtirok etishi muhimligi qayd etildi.

Kiritildi: 20:50 04.10.2023. O'qildi: 1800 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!