Bugun 28 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston Pokiston va Afg‘oniston to‘qnashuvi bo‘yicha xavotir bildirdi

O‘zbekiston Pokiston va Afg‘oniston to‘qnashuvi bo‘yicha xavotir bildirdi

O‘zbekiston Pokiston va Afg‘oniston kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi chegara hududida vaziyatning keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini ma’lum qilgan.

«Biz tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.

Shuningdek, O‘zbekiston tomoni yuzaga keladigan barcha kelishmovchiliklar faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy va diplomatik muloqotlar orqali, davlatlarning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va o‘zaro hurmat prinsiplari asosida hal etilishi lozimligini yana bir bor ta’kidlaydi», deyiladi TIV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avval Pokiston qo‘shinlari Afg‘onistonning yirik shaharlari — Kobul va Qandahorda Tolibon hukumatiga tegishli harbiy ob’ektlarga havo zarbalari berdi. Tolibon harakati esa Pokiston harbiy inshootlariga «javob zarbalari» berganini ma’lum qildi. Har ikki tomon katta yo‘qotishlar haqida xabar bermoqda.

Kiritildi: 22:06 27.02.2026. O'qildi: 487 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!