Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston poyezdlarida restoran-vagonlar paydo bo‘ldi

O‘zbekiston poyezdlarida restoran-vagonlar paydo bo‘ldi

O‘zbekiston temir yo‘l tizimida yo‘lovchilar uchun restoran-vagon, kupe-bufet, bistro vagonlar joriy etildi. Hozirgi kunda mahalliy oltita yo‘nalishda restoran-vagonlari, uchta yo‘nalishda esa bistro vagonlari va kupe-bufet faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu umumiy ovqatlanish maskanlarida Temiryo‘lyo‘lovchi servis mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishchi-xodimlari O‘zbekiston aholisi va chet ellik mehmonlarga yo‘l davomida yarim tayyor va turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash orqali xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu ishga korxona tomonidan tajribali, o‘z ishining ustalari jalb etilgan.

Zamonaviy restoran-vagonlarida ovqat pishirish jarayoni to‘liq elektrlashtirilgan, bugungi kun talabiga javob beruvchi jihozlar bilan ta’minlangan. Hozirda Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda restoran-vagonlari oshpazlar hamda u yerdagi mutaxassislarning taklif va talablarini inobatga olgan holda tayyorlanmoqda.

Uzoq masofaga harakatlanuvchi poyezdlarda restoran-vagon shinam va yorug‘ bo‘lib, yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Salqin ichimliklar, shirinliklar, tansiq taomlar muhayyo etilgan.

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdida bistro vagon mavjud bo‘lib, bu yerda tayyor oziq-ovqat mahsulotlari yo‘lovchilarga taqdim etiladi. Muhimi barcha mahsulotlar muntazam tarmoqning sanitariya epidemologiya markazi tomonidan nazoratdan o‘tkaziladi. Narxlar hamyonbop, to‘lovlarni naqd yoki plastik kartasi orqali amalga oshirish mumkin.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 22:02 12.02.2019. O'qildi: 1647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!